28.03.2024, Payshanba

HUQUQNI MUHOFAZA QILISh ORGANLARI FAOLIYaTI, HARBIY SAFARBARLIK VA FAVQULODDA VAZIYaTLAR MASALALARI BO'YIChA BO'LIMI

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha
guruhining funktsional vazifalari to`g`risida

 

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruhining (keyingi o`rinlarda guruh deb ataladi) funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Guruh Vazirlar Kengashining funktsional tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.

3. Guruh o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Guruh o`z faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida amalga oshiradi.

5. Guruh o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Vazirlar Kengashining boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

 

2-bob. Guruhning vazifalari va funktsiyalari

 

6. Quyidagilar guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:

o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish doirasida Vazirlar Kengashi Raisining ishlarini tashkil qilish;

Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda guruh sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib chiqilishini ta`minlash va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;

Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan o`tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yig`ilishlari va Vazirlar Kengashining Raisi rahbarlik qiladigan komissiyalar majlislari materiallari tayyorlash va ularda qabul qilingan qarorlarning rasmiylashtirilishini ta`minlash;

a) huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati sohasida:

huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta`minlash;

huquqbuzarlikilarning oldini olish bo`yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta`minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta`minlash;

davlat strategik va safarbarlik zahiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni to`plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek, davlat strategik va safarbarlik zahiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo`lishni ta`minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

O`zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog`liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etishda havfsizlik masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o`tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta`minlash;

b) safarbarlik va favqulodda vaziyatlar sohasida:

mudofaa qudratini ta`minlash, harbiy xizmatga majbur shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bronga qo`yish masalalari bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan o`tkaziladigan safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha yig`ilishlarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, Vazirlar Kengashining Raisiga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlarning tayyorlanishini ta`minlaydi;

Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan o`tkaziladigan safarbarlik
va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha yig`ilishlarni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ularning bajarilishi va natijalari to`g`risida Vazirlar Kengashining Raisini belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

Guruh safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalariga oid qaror, farmoyish va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalariga oid chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

Vazirlar Kengashining safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi to`g`risidagi Nizomga va Vazirlar Kengashining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

7. Guruh o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlari bilan Guruhga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

guruhga oid topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan qabul qilinadigan tegishli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

guruhga oid topshiriqlari ijrosi bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tegishli tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek, guruhga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Kengashi Raisiga taqdim etadi;

davlat dasturlari amalga oshirilishi, guruhga oid topshiriqlarning  bajarilishi bo`yicha tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

Vazirlar Kengashining Raisi ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishlar o`tkazilishini ta`minlaydi va mas`ullarni jalb etgan holda ishlarni muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunlariga muvofiq ko`rib chiqadi;

Vazirlar Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi;

davlat sirlari bo`lgan ma`lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta`minlaydi;

guruhda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.

 

3-bob. Guruhning huquqlari va javobgarligi

 

8. Guruh o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun guruhga qonun hujjatlarida belgilangan zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, tumanlar va shahar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalaridan belgilangan tartibda so`rab olish;

zarurat bo`lganda, guruhda ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini, Vazirlar Kengashining tegishli majmualari, boshqarma va guruhlari xodimlarini taklif etish, jalb etish va ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda guruhga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlarda, Koraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning bajarilishi yuzasidan ishlarni belgilangan tartibda o`rganish.

9. Guruhning javobgarligi:

o`ziga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq guruhga tegishli takliflar va hujjatlar loyihalari talab darajasida va o`z vaqtida tayyorlanishiga;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni guruhga yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishiga;

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishiga;

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari,  farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlarining guruhga bevosita tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o`z vaqtida o`rganilishi uchun javob beradi.

 

4-bob. Guruhning tuzilmasi

 

10. Guruhning tuzilmasiga guruh rahbari, bosh mutaxassis va etakchi mutaxassis kiradi.

Guruhning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.

11. Guruhning faoliyati mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

12. Guruh o`z faoliyatida Vazirlar Kengashining Raisiga bo`ysunadi.

13. Guruh rahbari Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

14. Guruh xodimlari Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

15. Guruh nizomi Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan tasdiqlanadi.

16. Guruh xodimlarining funktsional vazifalari Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan tasdiqlanadi.

 

5-bob. Guruhning faoliyatini tashkil etish

 

17. Guruh ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

18. Guruh o`z faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.

19. Guruhda har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab olinadi.

20. Guruhda ish yuritilishi, hujjatlarning o`tishi guruh mutaxassislari tomonidan olib boriladi hamda shu haqida muntazam ravishda Vazirlar Kengashining Raisiga ma`lumot berib boriladi.