29.03.2024, Juma

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi


Abdijaliev Maxmud Karamatdinovich

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi rahbari

 Manzil:

 230100,  Nukus shahri, To'rtko'l guzari ko'chasi 59 uy

 Telefon:

 0(361) 22326 03

 E-mail:

 qrmxa@exat.uz

Qabul kunlariari:

 Duyshanba-Juma16:00-18:00

 


Dosanov Ernazar Maulenbaevich

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi rahbari o'rinbosari

 Manzil:

 230100,  Nukus shahri, To'rtko'l guzari ko'chasi 59 uy

 Telefon:

0(361) 2236723

 E-mail:

 qrmxa@exat.uz

Qabul kunlariari:
Dushanba-Juma    14:00-16:00

 


Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasining vazifalari va funktsiyalari:


Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- Agentlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi Juqorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o'rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida hamkorlik qilish; 

- davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

-davlat xizmatlari markazlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

-davlat xizmatlari ko'rsatishning muqobil shakllarini rivojlantirishda davlat xizmatlari markazlarini qo'llab-quvvatlash;

-davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yo'l qo'ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;

-davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritish.

Boshqarma quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

-hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi;

-Davlat xizmatlari markazlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari hamda Agentlikning buyruqlari ijrosi yuzasidan muntazam nazoratni ta'minlaydi.

-davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan rahbarlik va nazorat amalga qiladi;

- davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini takomillashtirish masalalari bo'yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;

-davlat xizmatlari markazlari xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qiladi; 

-davlat xizmatlari markazlari moddiy-texnik ta'minlanishini, shu jumladan, mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko'rsatishni tashkil etadi;

- yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil qiladi;

-vakolatiga kiradigan tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlabchiqarish-xo'jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug'ullanadi.