28.03.2024, Payshanba

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz rahbarining tabrik, mukofot va sovg'alari tantanali ravishda etkazildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qaxraman Sariev Qonliko'l tumanida istiqomat qiluvchi Nametullaev O'razbay hamda Qo'ng'irot tumanida yashovchi  Xojametov Qudaybergenlarning xonadoniga tashrif buyurib, davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovg'asi va 12 million so'm bir martalik pul mukofotini tantanali topshirdi.





Shuningdek, Prezidentimizning 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda G'alabaning 76 yilligi munosabati bilan ularga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi. Bundan tashqari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimliklari tomonidan tayyorlangan sovg'alar urush faxriylarining xonadonlariga etkazildi. Chinakam bayramga aylangan tadbirda urush yillari mazmuni aks ettirilgan kuy-qo'shiqlar barchaning ko'nglida ko'tarinkilik ulashdi.

 






QR Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati