28.03.2024, Payshanba

Qoraqalpog'isiton Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari ishtirokida uchrashuv o'tkazdi

Unda Prezidentimizning joriy yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig'ilishida belgilab berilgan vazifalarga to'xtaldi.



Chunonchi, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, profilaktika inspektorlarining ish yuklamasini engillashtirish, faoliyat natijadorligini oshirish, profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.
Qonunbuzarliklarning oldini olish bo'yicha profilaktika inspektorlari, sektorlar rahbarlari, o'zini o'zi boshqarish organlari faollari javobgarligini oshirish va bu yo'nalishda hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha o'z tavsiyalarini bildirdi.
Muloqot davomida profilaktika inspektorlarining takliflari tinglandi.

QR Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati