29.03.2024, Juma

O‘zbekiston Bosh vaziri Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosarini qabul qildi


Joriy yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ye. Tugjanovni qabul qildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida, COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qaramay, ustuvor yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalar faol davom etmoqda.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati kabi muhim sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati