29.03.2024, Juma

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston    Respublikasi
                                                  Prezidenti                               Sh.Mirziyoyev

 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
R O‘ Y X A T I

Karimboyeva Shahzoda Kamoladdin qizi    -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi 

Orazbayeva Gulsanem Jalg‘asbay qizi    -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi 

Komilova Mehrinoz Oybekjon qizi    -    Andijon davlat tibbiyot institutining 2-bosqich magistranti 

Radjiyeva Gulxayoxon Shuxratjon qizi    -    Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi 

Salimova Amira Sunnatjon qizi     -    Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi 

Umarqulova Dinora Sherali qizi     -    Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi 

Imomova Dildora Shuxrat qizi    -    Jizzax politexnika institutining 4-bosqich talabasi 

Mamarasulova Muqaddas Abdulqosim qizi    -    Jizzax davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi 

Ahmatova Sitorabonu Zohidjon qizi    -    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Berdiyeva Iroda Xudayshukurovna     -    O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ibodullayeva Nafisa Muhitdinovna    -    Navoiy davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti 

Shomurotova Nodirabegim Odilovna    -    Navoiy viloyati Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 10-sinf o‘quvchisi 

Abdullayeva Manzura Nasibillo qizi    -    Namangan davlat universitetining 2-bosqich magistranti 

Xushnazarova Ayshaxon Adhamjon qizi    -    O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi    -    «Respublika yosh ijodkorlar kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti matbuot kotibi (Samarqand viloyati)

Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi    -    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Sunnatova Madina G‘ofurjon qizi    -    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Hojiboboyeva Sarvinoz Habibjon qizi    -    Guliston davlat universitetining 3-bosqich talabasi 

Komiljonova Nilufar Shuxrat qizi    -    Termiz davlat universitetining 3-bosqich talabasi 

Omonova Umida Shuhrat qizi    -    O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi sportchi-o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati)

Dehqonova Madinabonu Dilshod qizi    -    O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Nazarova Zilola Ergashboy qizi    -    Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi  «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari 

Yo‘ldosheva Farzona Baxtiyor qizi    -    Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 10-sinf o‘quvchisi 

Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi    -    Farg‘ona politexnika institutining 4-bosqich talabasi 

Jumaboyeva Shaxzoda Ne’matjon qizi    -    Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi

Karimova Madina Jumanazarovna    -    Xorazm viloyati Urganch shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Kim Yuliya Olegovna    -    Respublika oliy sport mahorati maktabining figurali uchish bo‘yicha murabbiyi (Toshkent shahri)

Raximova Sayyora Yashin qizi    -    Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent shahri)