29.03.2024, Juma

265q 18.04.2018 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 apreldagi «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ba`zilarini o`z ko`chini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida»gi PF-5398-sonli Farmoni haqida

(2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida» O`RQ-454-sonli O`zbekiston Respublikasi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida» 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori)

2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida» O`RQ-454-sonli O`zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  qaror  qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 apreldagi PF-5398-sonli «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ba`zilarini o`z ko`chini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida»gi Farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o`zgartish va qo`shimchalar kiritilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining ba`zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o`zgartish va qo`shimchalar kiritilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish o`z zimmamga qoldiraman.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                             Q.Sariev