Transport xizmatlarini tashkil etish bo`yicha mavjud yo`nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish to`g`risida axborotlar taqdim etish
Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi o'rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) "Avtomobil transporti to'g'risida", "Shahar yo'lovchilar transporti to'g'risida", "Yo'llarda harakatlanish xavfsizligi to'g'risida", "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi.
Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender natijalari bo'yicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yo'nalishlarda yo'lovchilar transportida xizmatlar ko'rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi.