Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashida kadlarni ishga qabul qilish tartibi va bo`sh ish o`rinlari to`g`risida
ma`lumot
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ishga qabul qilinuvchi nomzod
haqidagi ma`lumotlar Vazirlar Kengashining Tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan belgilangan
tartibda o`rganib chiqiladi.
Ma`lumotlariga ko`ra talablarga javob beradigan nomzodlar Vazirlar Kengashiga
dastlabki suhbatga taklif etiladi. Tegishli rahbarlar bilan suhbatdan muvaffakiyatli
o`tgan nomzod Vazirlar Kengashi Raisi bilan shaxsan suhbatdan o`tadi.
Saralash va suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi
tuziladi va uni ishga qabul qilish to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining qarori qabul qilinadi.
Nomzodning tayyorgarligi va malakasidan kelib chiqib, Qoraqalpog`istn Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan 3 yoki 1 oylik sinov muddati belgilanishi mumkin.
Ishga qabul qilingan xodimga barcha ish sharoitlari yaratib beriladi. Xodimning ijtimoiy himoyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoyalanadi.
Hozirgi kunda ya`ni 2020 yilning 25 avgust holatiga Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi apparatida jami 72 ta shtat birligi mavjud bo`lib, unda bo`sh
ish o`rinlari mavjud emas.