Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida
NIZOM
1-bob. Umumiy
qoidalar
1. Ushbu
Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Iqtisodiyot va
tadbirkorlik masalalari bo`yicha kotibiyati (keyingi o`rinda kotibiyat deb
yuritiladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas`uliyatini hamda faoliyatini
tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kotibiyat
o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston
Respublikasi Qonuniga va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
boshqa qonun hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining
va Vazirlar Kengashi Raislarining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal
qiladi.
3. Kotibiyat
o`z faoliyatini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari
rahbarligida amalga oshiradi.
4. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va ularning o`rinbosarlari ko`rsatmasiga
asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, shahar va
tumanlar hokimliklari, shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa
tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi.
2-bob.
Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
5. Quyidagilar
kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyasida,
O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi
Qonunida va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlarida, belgilangan vakolatlari davlat organlari va
boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta`minlash;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan vazifalar, Respublika, shahar
va tumanlarni iqtisodiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor
vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab
chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli
dasturlarning ijrosini ta`minlash;
Shahar va
tumanlarning makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy
mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko`rsatish, chakana savdo aylanmasi,
eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz
parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni ijrosini samarali tashkil
qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish
yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning
samarali usullarini joriy etish;
iqtisodiyot
masalalari bo`yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo`mitalar, tijorat
banklarining filiallari, hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish,
aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat bank filiallari o`rtasida
muloqot o`rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy
xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab
chiqish va so`zsiz amalga oshirish;
tarmoq va hududiy
boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo`lga qo`yish, iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda
tumanlar (shahar) kesimida ishlab chiqarish
va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga
oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to`g`ridan to`g`ri xorijiy
investitsiyalarni moliyaviy mablag` hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida
jalb qilish, korxonalar o`rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti
sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat,
investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo`jaligining barcha sohasini,
ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini
rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini
aniqlagan holda tumanlar (shahar) mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy
tarzda ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirishni ta`minlash;
hududiy
investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini
rivojlantirishning o`rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik
investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish;
xususiylashtirish
jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat
ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga
sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini
oshirish;
kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash, ularning
huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta`minlash, qulay
ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish, masalalarni hal etish orqali mahalliy byudjetning
daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar
hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini
bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xo`jaligi
sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko`p tarmoqli fermer
xo`jaliklarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan
tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo`jaligining barcha turdagi
mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun
maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab
chiqish, dunyodagi narx kon`yukturasini o`rganib tahlil qilib borish va yangi
turdagi mahsulotlarni o`zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport
qilishini ta`minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga
oshirish;
inson
manfaatlarini ta`minlash, ayniqsa qishloq joylardagi aholining hayot darajasini
va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va
nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish,
zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul
to`lovlarini o`z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy
qilish;
iqtisodiyot
sohasini yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga
oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati
va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni
tashkil etish;
chakana va ulgurji
savdoni, xizmatlar ko`rsatish sohasini tashkil etish tizimini
takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko`rsatishning yangi
shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste`mol tovarlari
va xizmatlar bilan ta`minlash bo`yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan
bozorlar, yarmarka va ko`rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“Yagona darcha”
tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlari ko`rsatuvchi
yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko`rsatuvchi boshqa vakolatli
organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik
sub`ektlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini
joriy etishning holatini tahlil qilish;
ishbilarmonlik
muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida
o`tkazilgan so`rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik
muhitini rivojlantirish yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning
natijadorligi to`g`risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik
ularni Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga kiritish;
hududda
ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek, tadbirkorlik
sub`ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy
tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag`batlantirishga yo`naltirilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab
chiqish;
tadbirkorlikni
rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo`yicha seminarlar va davra
suhbatlarini muntazam o`tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash
yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risidagi
materiallarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan
tadbirkorlik sub`ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini
tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab
chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish
chora-tadbirlarini amalga oshirish.
6. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga
oshiradi:
sohaga oid
topshiriqlarida yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni
ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
rahbariyat topshiriqlari
bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni
umumlashtiradi va tayyorlaydi;
sohaga oid qabul
qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama
iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishini ta`minlaydi;
O`zbekiston
Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi hamda Vazirlar
Kengashi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni
tashkil etadi, ularning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tashkiliy
chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli
masalalarni hal etish hamda respublika, shahar va tumanlar shuningdek,
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini
amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
iqtisodiyot
sohasining muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishida va
bajarilishi bo`yicha tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi
va yuritadi;
hududlarning
faollari yig`ilishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi
va Vazirlar Kengashi Raisi hamda o`rinbosarlari ishtirokida o`tkaziladigan
yig`ilishlar va boshqa tadbirlar o`tkazilishini ta`minlaydi, qabul qilingan
qarorlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Vazirlar
Kengashining komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi,
ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va
nazorat qiladi;
Vazirlar
Kengashining mintaqani iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari
bo`yicha hisobotini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni
tayyorlaydi;
Vazirlar
Kengashining ish rejasiga kotibiyat yo`nalishi bo`yicha masalalarga doir
takliflarni kiritadi;
jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko`rib
chiqadi;
Vazirlar
Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor
qilishni tashkil etadi.
Kotibiyat qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob.
Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
7. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga
ega:
Vazirlar
Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish
uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlarining hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan,
boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;
zarurat bo`lganda,
Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va
tahliliy materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashining hujjatlari
loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining
hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va
xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari
tashkil etish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar
hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan hujjatlari va
qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni iqtisodiy
rivojlantirish masalalarining davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining
hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar
rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko`rib chiqilishi va muhokama
qilinishini tashkil etish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari,
boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan
hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan
bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari,
boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, Vazirlar
Kengashining hujjatlari va topshiriqlari, uning o`rinbosarlari topshiriqlari
bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o`rganish.
8. Kotibiyatning
javobgarligi:
sohaga oid
topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z
vaqtida tayyorlanishi;
iqtisodiy
rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida
iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi,
Vazirlar Kengashi Raisining ko`rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab
etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqish sabablari o`z vaqtida aniqlanishi
va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga kiritiladigan
takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil
etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi,
shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar
va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati,
shuningdek, kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga
oshirilishining iqtisodiy oqibatlari;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari
to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi
ta`minlanishi;
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlarining, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesining hamda Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlarining, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan
bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning
tuzilmasi
9. Kotibiyat
tuzilmasiga kotibiyati boshlig`i, bosh mutaxassis, etakchi mutaxassis va 1-toifali
mutaxassis kiradi.
Kotibiyatning
tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan
tasdiqlanadi.
10. Kotibiyatning
ish-rejalari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq
tashkil etiladi.
11. Kotibiyat o`z
faoliyatida Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari
bo`yicha birinchi o`rinbosariga bo`ysunadi.
12. Kotibiyat
boshlig`i va mutaxassislari Vazirlar Kengashining qarori bilan lavozimga
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Kotibiyat
faoliyatini tashkil etish
13. Kotibiyat
ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston
Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning
o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesining hamda Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlariga va ularning o`rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek,
Vazirlar Kengashining tarkibiy bo`linmalar, ularning rahbarlari va
mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat
faoliyati Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari
bo`yicha birinchi o`rinbosari faoliyatiga taalluqli topshiriqlari, yuklangan
vazifalarni bajarish bo`yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va
natijali amalga oshirilishini ta`minlashga yo`naltirilgan.
Kotibiyat o`z
faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
Kotibiyatda har
haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi
nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab
olinadi.
Kotibiyatda ish
yuritilish, hujjatlarning o`tishi kotibiyat mutaxassislari tomonidan olib
boriladi hamda shu haqida muntazam ravishda Vazirlar Kengashi Raisining
Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosariga ma`lumot
berib boriladi.
14. Kotibiyat
boshlig`i:
kotibiyatga
bevosita rahbarlik qiladi o`z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda
funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
yillik va
choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar
Kengashi Raisiga kiritadi, tasdiqlangan ish rejaga muvofiq ishlarni tashkil
etadi;
respublikaning
iqtisodiy rivojlantirish kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, qo`mitalar,
idoralar, vakolat doirasida tegishli ma`lumotlarni talab qiladi hamda
muammolarni hal qilish yuzasidan zarur choralarni ko`radi;
jismoniy va yuridik
shaxslardan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga
hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan
murojaatlarni o`rganib, Qonunda belgilangan muddatlarda ko`rib chiqadi;
Vazirlar Kengashi
Raisining birinchi o`rinbosari topshirig`i bo`yicha vazirliklar, qo`mitalar,
idoralar, banklar ishlarini muvofiqlashtirish bo`yicha tegishli qarorlar,
farmoyishlar va bayonnomalarini tasdiqlashga kiritadi;
sohaga oid
qarorlari hamda farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi va kotibiyat ichida ijro
intizomini mustahkamlash bo`yicha shaxsan javob beradi;
byudjet
g`aznachiligining bajarilishi, fuqarolarni davlat pensiya va ijtimoiy nafaqalar
bilan ta`minlanishi, moliyalashtirilishi va o`z vaqtida to`lanishi bo`yicha
tegishli hujjatlarni talab qiladi;
Vazirlar Kengashi
hamda boshqa yuqori tashkilotlar qarorlari, farmoyishlari va bayon
qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
soha masalalari
bo`yicha Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislariga ma`lumot
(material)lar tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi;
iqtisodiy soha
muassasalarining ishlarini muvofiqlashtiradi;
chakana savdo va
ulgurji savdo yarmarkalari, dehqon va buyum bozorlari, to`lovli xizmatlar,
savdoni rivojlantirish loyihalarini tayyorlaydi va muvofiqlashtiradi. Savdo
korxonalarining sonining dislokatsiya bo`yicha tashkil etilishi va hisobga
olinishini ta`minlaydi. Kompleks majlislariga ushbu masalalar bo`yicha
hujjatlarni taqdim etadi;
savdo bazalarining
ishlarini, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning savdoda bo`lishini,
kvotalarning o`z vaqtida olinishini nazorat qiladi;
kotibiyat
etakchilik qiladigan soha masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashiga kelib tushgan
qarorlar, farmoyishlar, xatlar va hujjatlarning bajarilishini o`z xizmat
vazifasida ulardan tegishli ma`lumotlarni talab etadi;
Vazirlar Kengashi
huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan
ruxsatnoma guvohnomalarni berish bo`yicha maxsus komissiya ishlarini
muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Kengashi
va uning Rayosati majlislariga ma`lumot (material)lar tayyorlanishini nazorat
qiladi;
tadbirkorlikni
jadal rivojlantirishni ta`minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish
hamda tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini
ta`minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas`uliyatini oshirish
bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
Ishbilarmonlik
muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida
o`tkazilgan so`rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik
muhitini rivojlantirish yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning
natijadorligi to`g`risidagi tahliliy tayyorlangan materiallarni Vazirlar
Kengashi rahbariyatiga kiritadi;
tadbirkorlikni
rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo`yicha seminarlar va davra
suhbatlarini muntazam o`tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash
yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risidagi
materiallarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan
tadbirkorlik sub`ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil
etadi.
kiritilgan
takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga
qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab
chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza
qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi
yuzasidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;
tasdiqlangan
tuzilmaga va shtatlar ro`yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan
nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish,
ularni rag`batlantirish va ularga jazo choralari ko`rish bo`yicha takliflarni
puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar
o`rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek, bo`linmaning yarim yillik ish
rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning
ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Kengashi
Raisining yoki uning o`rinbosari o`tkazadigan yig`ilishlarda, shu jumladan har
haftalik apparat yig`ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek,
kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan
boshqa yig`ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni
belgilangan tartibda olib borishni ta`minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni
imzolaydi.
15. Kotibiyat boshlig`i, bosh
mutaxassisi, etakchi mutaxassisi, I-toifali mutaxassisining hamda tadbirkorlik
va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko`maklashish va qo`llab
quvvatlash guruhining guruh rahbari, bosh mutaxassisi va etakchi
mutaxassisining funktsional vazifalari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisining o`rinbosari – iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari
bo`yicha kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalar
bilan begilanadi.