29.03.2024, Juma

Joriy yilda tuman bo‘yicha 3588 nafar ishsiz fuqaroga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratish rejalashtirilgan


21 yanvar kuni Amudaryo tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Madaminovich G‘aniyev tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilgan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni keng targ‘ib qilish va ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimiz bo‘ylab amalga oshirilayotan ishlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdir.

Dastlab, Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tumanimizdagi bir guruh mas’ul xodimlar bilan birgalikda Choyko‘l ovuli hududida joylashgan “Mang‘it omad savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Barpo etilgan uzumzorlarni ko‘zdan kechirib xosildorlikni oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi. Shuningdek, yangidan qurilayotgan dehqon xo‘jaligi maxsulotlarini sifatli tarzda saqlashga xizmat qiluvchi muzlatgich haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng tuman xokimligining katta majlislar zalida Shuhrat G‘aniyev rahbarligida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, tuman hokimi o‘rinbosarlari sektor rahbarlari, mahalla raislari, fermer va dexqon xo‘jaligi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda 2022 yilda fuqarolarga fermer xo‘jaliklarining past hosilli paxta va g‘alla ekinlari maydonlarining qisqartirilgan yerlari hisobidan 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ochiq elektron tanlov asosida berishni yo‘lga qo‘yish va mazkur ishlar 2022 yildan 2025 yilgacha amalga oshirilib, ushbu muddat davomida umumiy hisobda 2242 gektar maydonlar ishsiz fuqarolarga ajratib berilishi rejalashtirilganligi aytib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, Amudaryo tumanining 18 ta hududida 307 ta fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan. Umumiy ekin maydonlar 897 gektarni tashkil qiladi. Joriy yilda tumanimiz bo‘ylab 3588 nafar ishsiz fuqaroga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratilishi reja qilingan. Hozirgi kunda ushbu reja asosida loyihalar ishlab chiqilib amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan yillar mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ko‘plab qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonun va farmonlarni hayotga tatbiq etish natijasida yurtdoshlarimiz yuqori daromad manbaiga yega bo‘libgina qolmasdan bozorlarni xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamoqda.


F.Eshimbetova