19.05.2022, Payshanba

13 oktyabr-Xalqaro halokatlar havfni kamaytirish kuni

Tabiiy ofatlarning turlari, kelib chiqish sabablari va fuqarolarning harakati.

Tabiiy ofat- bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi o'zgarish bo'lib, u birdan, tezlikda insonlarning mo'tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odamlarning o'limi hamda qishloq xo'jalik hayvonlarining, moddiy boyliklarning buzilishi va yo'q bo'lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.

Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: er silkinishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong'in, qurg'oqchilik, er surilishi va boshqalar.

Er silkinish- ta'sir qilish darajasiga qarab kuchsiz (3 balgacha), o'rta         (4 bal), kuchli (5 bal), juda kuchli (7 bal), vayron qiluvchi (8-10 bal) va nihoyat halokatlarga olib keluvchi (11-12 balgacha) turlari mavjud.

Kuchli zilzila ruy berganda qanday harakat qilasiz oldindan uylab ko'ring. Bilib quyinki, hayvonlarning bezovta bo'lishi, qo'duqdagi suv satxini kutarilishi va ranggini o'zgarishi, atmosferaning yorishishi, qattiq ovoz kelishi – bular tabiiy ofat darakchisi.

SAROSIMAGA TUShMANG !  Bu bilan atrofingizdagi bolalar, ayollar, qariyalarga o'rnak bo'lasiz, ularni qurqinichni engishda yordam berasiz.

ESLAB KOLING ! Sizning xotirjamligingiz tabiiy ofatni engish garovidir.

Uzok davom etuvchi tebranishda zilzila asta-sekin kuchayadi.

Ko'p qavatli bino uchun bunday ta'sir havfli hisoblanadi. Sinch usulida qurilgan shaxsiy uylar, bir-ikki qavatli binolar xavfsizligi yuqori xisoblanadi.

Yuqori tulqinli tebranish qisqa vaqt (1,5-3 sekund) ichida o'z kuchini ko'rsatadi. Bu xildagi tebranishlar pishiq gishtli uylar uchun havfliligini esdan chiqarmang.

Qattiq silkinishda nimalar qilish kerak ?

Zilzila ruy berganda qaerda bo'lishingizdan qat’iy nazar esankiramang, chunki siz o'z  harakatingizni oldindan rejalashtirgansiz.

Tez harakat qiling !

Esdan chiqarmang ! Sizning ixtiyoringizda 1,5-2,5 sekund bor. Eng havflisi tepadan tushadigan buyumlardir.

Agar siz ko'p qavatli bino ichida bo'lsangiz, liftga yoki pillapoyaga chopmang, chunki bu joylar binoning eng havfli qismi hisoblanadi. Havfsiz joy topishga harakat kiling. Eshik oralig'iga, stol, karavot tagiga yashirinish mumkin.

Agar siz birinchi qavatda yoki shaxsiy uyda bo'lsangiz binoni zudlik bilan tashlab chiqib ketishga harakat qiling va elektr o'zatish tarmoqlari, gaz quvurlaridan uzoqlashing.

Birinchi qavatdan yuqorida bulsangiz derazadan sakramang, yuqoridan tushishi mumkin bo'lgan oyna parchalaridan extiyot bo'ling. Aholi ko'p tuplanadigan (magazin, kinoteatr, metro, maktablarda) joylarda umumiy vaximaga tushib kolmang. Asosiy devorlarga yaqinrok turing. Osilib turgan lyustralardan, reklamalardan uzoqroqda turing.

Transportlarni elektr o'zatish liniyalari, yonilg'i quyish shaxobchalari, ko'p qavatli binolar, tosh tushishi mumkin bo'lgan yonbag'irliklardan uzoqroqda tuxtang.

Zilzila qishlok joylarida ruy berganda sel kelishi havfi to'g'iladi, shuning uchun tepaliklarga joylashish kerak.

Zilziladan keyin nima qilish kerak.

Vaziyatni baholang, yong'in, gaz chiqishi, ochiq elektr simlarini havfi bormi tekshiring. Hech qachon ochik olovdan foydalanmang.

Zilziladan keyin birinchi soatlarda zaruratsiz uyga kirmang – bu havfli. O'zbekistonning g'arbiy hududlarida birinchi tebranishdan so'ng, ikkinchisi kutiladi.

Bino ichida chiqishda pillapoyalarni mustahkamligini tekshirib ko'ring. Yong'in chiqqanda bor imkoniyatlardan foydalanib, zudlik bilan binodan chiqib keting.

Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsating, sovuq bo'lmasligi uchun o'rab quying. Zilziladan keyin ob-havo keskin o'zgarishi mumkin.

Uy hayvonlarini favqulodda vaziyat ruy bergan joydan olib ketilishini ta'minlang.

Er, tula shkaflar eshigini extiyotkorlik bilan oching, sizning ustingizga og'ir buyumlar, tusinlar tushib ketishi mumkin.

Oziq-ovqat zahiralarini tekshirib ko'ring.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.