28.03.2024, Payshanba

Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirishchora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, eksportni oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Biroq, bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi, aholi o‘sishi hamda boshqa inson ta’siri bilan bog‘liq omillar suvni ko‘p iste’mol qiladigan ekinlarni yetishtirishga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

Respublikada sholi yetishtirish, saqlash, qayta ishlashning uzluksiz va samarali tizimini takomillashtirish, ichki iste’mol bozorini guruch mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash maqsadida:

1.Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining sholichilik klasterlari yoki sholi ekishga ruxsat etilgan mintaqalarda sholi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bazasida elita urug‘chilik xo‘jaliklari (keyingi o‘rinlarda – Urug‘chilik xo‘jaliklari)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda:

“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DK Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Urug‘chilik xo‘jaliklarida avlodli urug‘lik ko‘paytirish tizimini yo‘lga qo‘yadi;

Urug‘chilik xo‘jaliklari yuqori avlodli urug‘liklarni karantin nazoratidan o‘tkazilgan xorijiy kompaniyalardan yoki Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidan oladi va ko‘paytirishni tashkil etadi;

sholining elita va avlodli urug‘chiligini yetishtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer maydonlari ajratiladi;

ekilgan urug‘lik sholi maydonlari belgilangan tartibda aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkaziladi va sertifikat olinadi;

Urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan urug‘lik sholini tozalash, saralash va qadoqlash ishlari amalga oshiriladi.

 

Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1-илоvaga muvofiq hududlarda Urug‘chilik xo‘jaliklarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.

2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga asosan 2021 yil 1 iyundan boshlab urug‘lik sholiga muvofiqlik sertifikatini berish, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.

3. Innovatsion rivojlanish vazirligi, istisno tariqasida,
2021 yil 1 fevraldan boshlab ilmiy-texnik dasturlar doirasida sholi seleksiyasi, yetishtirish agrotexnikasi va urug‘chilik tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq 5 yilgacha maqsadli loyihalar tanlovini e’lon qilsin. Bunda, seleksiya yo‘nalishida amalga oshiriladigan fundamental va amaliy loyihalar avval bajarilgan loyihalarning mantiqiy davomi ekanligi inobatga olinsin va uzluksiz davom ettirilishi ta’minlansin.

4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R.Xamrayev) va Fanlar akademiyasi (B.S.Yuldashev) bilan birgalikda:

mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos sholini almashlab ekish dasturini tuzish va ekin maydonlarining hisobini olib borish hamda Urug‘chilik xo‘jaliklarida navbatlab ekish tizimini yo‘lga qo‘ysin. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;

Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini o‘rganib, xorijdan sholining yuqori hosilli navlari urug‘larini olib kelish hamda ularni mahalliy sharoitda ko‘paytirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirsin. Bunda, ushbu amaliyot tajriba-sinov natijalariga ko‘ra respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish choralari ko‘riladi.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash maqsadida:

2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 фоизидa ko‘chatlab ekish, kamida 50 фоизидa lazer uskunasi yordamida
yer tekislash tizimini joriy etish, kamida 30 фоизидa sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish;

2022 yilda jami sholi maydonlarining kamida 40 фоизидa ko‘chatlab ekish, kamida 70 фоизидa lazer uskunasi yordamida
yer tekislash tizimini joriy etish, kamida 50 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda mazkur takliflarni to‘liq joriy etish hamda 2023 yildan boshlab yanada kengaytirish choralarini ko‘rsin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev), Xorazm viloyati hokimligi (F.U.Ermanov) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu.Abduraxmonov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R.Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) hamda Fanlar Akademiyasi (B.S.Yuldashev) bilan birgalikda 2021 yil sholi ekish mavsumi davomida, eksperiment tariqasida, tegishli hududlarda:

500 gektarдaн maydonda zovur suvlaridan foydalangan holda sholi yetishtirishni;

50 gektarдaн maydonda an’anaviy sug‘orish usulini qo‘llagan holda, ammo tunda suv bermaslik usulida sholi yetishtirishni;

20 gektarдaн maydonda yomg‘irlatib sug‘orish usulida hamda 20 gektarдaн maydonda tuproqosti tomchilatib sug‘orish usulida sholi yetishtirishni yo‘lga qo‘ysin.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi eksperiment natijalari bo‘yicha batafsil hisobotni hamda 2022 yilda mazkur ekish va sug‘orish texnologiyalarini keng qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini 2021 yil 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. Belgilansinki, 2021 yil 31 dekabrga qadar sholi yetishtirishda sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizigacha Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandga muvofiq uskunalar qiymatining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Sholi yetishtirish va qayta ishlash maqsadida, xorijdan olib kelinadigan sholi nav va duragay urug‘liklari, laboratoriya jihoz va uskunalari, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlaridon quritish uskunalari hamda butlovchi qismlari 2023 yil 1 yanvarga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga muvofiq bojxona bojidan ozod qilinsin.

9.Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun sholi yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari 2-илоvaga muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi ilmiy muassasalarda 2021 yil hosili uchun sholi navlarini joylashtirish va superelita urug‘lik sholi yetishtirish hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari 3-илоvaga muvofiq;

O‘zbekistonda sholichilikni rivojlantirish bo‘yicha
2021-2022 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) 4-илоvaga muvofiq tasdiqlansin.

Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini hamda Dasturning ijrosini ta’minlasin.

10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X.Toshqulov) bilan birgalikda:

bir oy muddatda Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida sholichilik yo‘nalishida qabul kvotasini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

2021 yil 1 iyunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialini hamda Vetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil qilish choralarini ko‘rsin;

ikki oy muddatda dunyoning sholichilikka ixtisoslashgan markazlarida (Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Filippin
va boshqalar) yosh kadrlar va mutaxassislarning xorijiy grantlar asosida malakasini oshirishga yuborish bo‘yicha choralarni belgilasin.

11.Mazkur qarorda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, bu borada samarali nazorat tizimini o‘rnatish maqsadida:

a) Bosh prokuratura (Sh.J.Raximov), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D.F.Raximov):

mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq yer maydonlarida sholi ekilishi, uning urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it hamda suv bilan
ta’minlash tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda o‘rganib borsin;

mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan sholi maydonlarida ko‘chatlab ekish, lazer uskunasi yordamida yer tekislash hamda sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish tizimlarini joriy qilinishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin;

respublika hududlarida ro‘yxatga olinmagan sholi yetishtirish holatlarini aniqlab, ularni qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish choralarini ko‘rsin;

mazkur qaror talablariga qat’iy rioya etilishini hamda uni buzgan aybdorlarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin;

amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (M.I.Ro‘zmetov), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K.Umarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Q.A.Yuldashev) uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida mazkur qarorga muvofiq sholi ekinlarini joylashtirish, navbatlab ekishni tashkil etish, shuningdek, noqonuniy sholi maydonlarini aniqlashga ko‘maklashsin;

v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D.Vaxabov), Ichki ishlar vazirligi (S.A.Nishanbayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R.Xamrayev) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin;

g) Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev:

ikki hafta muddatda mazkur qaror doirasida 2021 yil hosili uchun sholi yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin;

respublika hududlarida, mazkur qaror talablari bo‘yicha sholi yetishtirishni ko‘paytirish hamda urug‘, mineral o‘g‘it, suv va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish choralarini ko‘rsin.

12.Xorazm viloyat hokimligi (F.U.Ermanov) 2021 yil 1 iyulga qadar:

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialiga Gurlan tumani Chinobod MMTP hududidagi bo‘sh yer maydonida ma’muriy laboratoriya binosini qurish hamda zarur bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari, laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash mahalliy byudjet daromadlari rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshirilishi choralarini ko‘rsin;

Gurlan tumanidan 200 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.

13.Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev):

a) Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining hisob-kitoblariga asosan sholi urug‘ligini saralash uchun zamonaviy kichik hajmdagi saralash va qadoqlash sexlarini tashkil etish, laboratoriya jihozlari, qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari bilan ta’minlash uchun Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan mablag‘laridan ajratilishini ta’minlasin;

b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki
oy muddatda:

superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish uchun Urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash tartibini;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib borilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti             Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 2 fevral