28.03.2024, Payshanba

Elektr ta'minotidagi uzilishlarga barham berildi

Xalqning og'irini engil qilish, ularning dardu - tashvishlariga sherik bo'lish har bir deputatning hayotiy shiorlaridan biriga aylanishi lozim.
To'rtko'l tumani "Paxtachi" ovul fuqarolar yig'ini hududida yashovchi aholini ko'p vaqtlardan buyon qiynab kelayotgan elektr ta'minoti bo'yicha muammosi Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati O'.Allabergenova tomonidan puxta o'rganib chiqildi va ijobiy hal bo'ldi. Ya’ni, tegishli tashkilotlar tomonidan hududga yangi  elektr uskunasi (transformator) o'rnatib berildi.



Shuningdek, "Kaltaminor", “Otayurt” va “Tozabog'yop” ovul fuqarolar yig'ini hududlaridagi fuqarolar bilan o'tkazilgan muloqotlar jarayonida aniqlangan  muammolar deputat tomonidan o'rganib chiqildi  va soha mutaxassislari ishtirokida hal etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.


To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati.