05.03.2024, Seshanba

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini keng joriy etish borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida ibrat va namuna ko‘rsatayotgani, shuningdek, jamiyatda o‘zaro ko‘mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu ishlardagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

1. Abdullayev Baxodir Tojimirzayevich - Chust tumanidagi «Tai Chang Special Steel» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati

2. Muxitdinov Batir Abdulxamitovich - Yashnobod tumanidagi «Bakan Tex» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

3. Nuritdinov Paxritdin Djamalovich - Qibray tumanidagi «Agro-Light Business» gulchilik xo‘jaligi rahbari, Toshkent viloyati

4. To‘ychiyev Karimjon Zikriyoyevich - Sirdaryo tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Sirdaryo viloyati

5. Usmonov Botir Suvonovich - Jondor tumanidagi «Yakkatut klasteri» mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi, Buxoro viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

1. Babayeva Xolisxon Nazirjonovna - Jizzax shahridagi «Al-Abbos silk» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

2. Boboqulova Nodira Norboyevna - Boysun tumanidagi «Kamari Aziz» uy mehmonxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

3. Bo‘ldiyeva Shoira Radjabovna - Buxoro shahridagi «Ruxshana Teks» xususiy korxonasi direktori, Buxoro viloyati

4. Burxonov Rustambek Ravshanbek o‘g‘li - Xo‘jaobod tumanidagi «Fazo Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

5. Djumaniyazov Muminbay Aminovich - To‘rtko‘l tumanidagi «Mustafa farm» mas’uliyati cheklangan jamiyatining shprits zavodi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

6. Patterson Uilyam Daniyel - Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qo‘shma korxonasi bosh direktori, Jizzax viloyati

7. Razakov Muzaffar Maxamatovich - Qo‘shtepa tumanidagi «Fergana Global Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

8. Raximov Muxtardjon Nigmatovich - Quyi Chirchiq tumanidagi «Quyonchilik va naslchilik agro kompleks» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

9. Soliyeva Zuxra Adxamovna - Toshloq tumani tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari, Farg‘ona viloyati

10. Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich - Navoiy shahridagi «Gidro Stanko Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati

11. Ergashev Nurbek Xaydarovich - Qarshi shahridagi «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi direktori, Qashqadaryo viloyati

«Shuhrat» medali bilan

1. Azizov Nasim Nematovich - Yangi Namangan tumanidagi  «Merrymed farm» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari, Namangan viloyati

2. Arifdjanov Botir Zukurovich - «Astrum IT» akademiyasi ta’sischisi

3. Axmadjonov Shokirjon Nosirjon o‘g‘li - Rishton tumanidagi «Axmadjonov Shokirjon Nosirjon o‘g‘li» kulolchilik korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

4. Botirov Farxodjon Mashrabboyevich - Farg‘ona viloyati «Agro Impex Walley» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

5. Djalilov Ulmas Vasiljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i

6. Ikramov Rustam Aliyevich - Jizzax shahridagi «Bonu shirinliklari» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

7. Iskandarov Yo‘ldosh Otayevich - Xiva tumanidagi «Yo‘ldosh Majid» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

8. Karimov Ravshan Murodovich - Bulung‘ur tumanidagi «Metin Group Impeks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

9. Qarolov Sanjar Ismoilovich - Qarshi tumanidagi «Qarshi agroklaster» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati

10. Niyozov Abdulqosim Alisherovich - Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Niyozov Abdulqosim» xususiy korxonasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

11. Xakimov Yodgorjon Turg‘unboyevich - Shahrixon tumanidagi «And-Chin Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

12. Shakirov Alisher Rustamovich - Yuqori Chirchiq tumanidagi «Texenergoremmash» oilaviy korxonasi direktori, Toshkent viloyati

13. Sharipov Ismoil Zaripovich - Qiziltepa tumanidagi  «Golden meva-sabzavot klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyati  bosh direktori, Navoiy viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                             

Sh.Mirziyoyev

 

Toshkent shahri,

2022-yil 20-avgust